2016-yil "Sog'lom ona va bola yili"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ijtimoiy tadqiqotlar Instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 30 iyuldagi PQ - № 930-son qaroriga muvofiq, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish muammolarini chuqur tizimli tadqiq qilish, aholining pul daromadlari o‘sishi sur’atlari va tarkibining, bozor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarining kompleks ijtimoiy tekshirishlarini tashkil etish, shuningdek aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy barqarorlik va muttasil ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy tadqiqotlar Instituti tashkil etildi.

Institutning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari:

  • Respublika aholisining turmush darajasini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ob’ektiv mezonlar asosida mamlakat va mintaqalar doirasida aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, aholi farovonligi o‘zgarishlarining sur’atlari ustidan tizimli monitoring olib borish va tahlil etish;
  • aholi turmush darajasining turli ko‘rsatkichlari, shu jumladan uning daromad miqdorlari va manbalarini tizimli ravishda ijtimoiy tadqiq qilish metodologiyasini ishlab chiqish va olib borish;
  • jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari va sur’atini chuqur o‘rganish hamda monitoring qilish, ularning eng quyi holatlari oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • mahalliy iste’mol xususiyatlari, an’analar, tabiiy-iqlim sharoitlari va O‘zbekistonning boshqa o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda aholining turli guruhlari uchun iste’mol savatining ilmiy asoslangan tarkibini belgilash, mamlakat va mintaqalar ko‘lamida uning narxi o‘zgarishini monitoring qilish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, aholi turmush darajasi va sifatini kuzatib borish hamda tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi xorijiy tadqiqotchilik, tahliliy markazlari va institutlarining ish tajribasini o‘rganish, shu asosda undan Institutning tadqiqot faoliyatida foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
  • aholi turmush darajasining holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat masalalari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tezkor axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash.